
07.07.2023
Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Farg‘ona tumani "Sanoat" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi A.A. tomonidan ariza kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Farg'ona shahridagi savdo do'konlarining biridan "Elite 308" rusumli muzlatgichni 5 800 000 so‘mga xarid qilgan. Lekin muzlatgich kafolat muddati davrida bir necha marta ishlamay qolgan.
Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, mas'ullarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, nosoz muzlatgich "Elite-Elektro-Group" MChJning Farg‘ona shahar filiali tomonidan iste'molchi xohishi bilan "Elite 211" rusumdagisiga almashtirib berildi.