Telegram-bot Virtual qabulxona

27.09.2023

Zarafshon shahrida jamoatchilik kuzatuvi tadbiri o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi, "Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida"gi, "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Ustaviga muvofiq, Zarafshon shahar jamiyati tomonidan aholiga xizmat ko‘tsatuvchi shirkatlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan jamoatchilik kuzatuvi tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu kuzatuvni tashkil qilishdan asosiy maqsad Zarafshon shahridagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi shirkatlar xizmatining nechog‘lik samaradorligi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tahlil qilishdan iborat edi.

Tadbirda mas’ul tashkilotlar tomonidan aholi uchun yaratilgan qulayliklar bo‘yicha ularning fikrlari, aholining bu boradagi savollari hamda fikr-mulohazalari tinglandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00