Telegram-bot Virtual qabulxona

09.02.2023

Kommunal sohasida yana bir nayrang: 1 mln so'm miqdoridagi asossiz qarzdorlik bartaraf etildi

Qoʻqon shahri "Po'stindo'z" koʻchasidagi ko'p qavatli uylardan birida yashovchi fuqaro Y.G. Qoʻqon shahar prokuraturasiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qilgan. Mazkur murojaat Qoʻqon shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga oʻrganish uchun yuborilgan.

Arizada keltirilishicha, iste'molchi toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirgan bo'lishiga qaramay, “Hududgaztaʼminot” Qoʻqon filiali 959 500 soʻm, shuningdek, “Fargʻona suv taʼminoti” Qoʻqon boʻlimi ham asossiz ravishda 36 175 soʻm noreal qarzdorlik hisoblagan.

Qoʻqon shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar natijasida, ikkala qarzdorlik ham asossiz ekani aniqlanib, isteʼmolchining toʻlov majburiyatidan olib tashlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00