Telegram-bot Virtual qabulxona

14.02.2024

2000 AQSh dollarlik sifatsiz mebellar bepul ta'mirlab berildi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqaro A. A. 2024 yil 25-yanvar sanasida federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qoldirgan.

Murojaat mazmuniga koʻra, fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor Boltayev Abdulhamid Jamilovichga oshxona mebeli va shkaf yasab berishi uchun 2000 AQSh dollar to'lovni amalga oshirgan. Ammo mebellar uyiga oʻrnatib berilganida sifatsiz holatda boʻlgan. Holat bo'yicha mas'ullarga shikoyat qilganida esa, tadbirkor mebellar tayyor holatda ekanligini aytib, ta'mirlab berishdan bosh tortgan.

Murojaatni hal etish maqsadida Bektemir tuman jamiyati xodimlari tomonidan holat bo'yicha oʻrganish ishlari olib borildi. Natijada, fuqaro murojaati ijobiy hal etilib, mebellar sifatli holatda ta’mirlanib fuqaroga yetkazildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00