
19.06.2023
Joriy yilning 5-iyun kuni Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 12-kichik tumanda yashovchi fuqaro D.M. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Zarafshon shahar markaziy buyum bozorida joylashgan savdo do‘konlarining biridan 5 200 000 so‘mlik havo sovutgich sotib olgan. Ammo oradan ko'p vaqt o'tmay, konditsioner nosoz holga kelib qolgan.
Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, savdo do‘koni xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining tegishli moddalari tushuntirildi. Shundan so‘ng, savdo do‘koni tomonidan iste'molchiga 5 200 000 so‘m to‘liq qaytarib berildi.