
22.01.2024
Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijro etuvchi apparatiga fuqaro Q.D. tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Namangan shahridagi “ART MASTER” doʻkonidan eski shaxsiy kompyuteri ustiga 1 750 000 soʻm qoʻshib berish sharti bilan yangi kompyuter sotib olgan. Ammo ertasi kuni ekranning yuqori qismi qizib, ichidan erib ketganligi ma'lum bo‘lgan. Iste'molchi holat bo‘yicha do‘kon xodimlariga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lishiga qaramay, to‘langan pul mablag‘i qaytarib berilmagan.
Jamiyat tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, qonun doirasida tushuntirish berilishi natijasida, fuqaroga kompyuter sotib olish uchun toʻlagan 1 750 000 soʻm puli toʻlaligicha qaytarishga erishildi.