Telegram-bot Virtual qabulxona

06.04.2023

Nosoz maishiy texnikalar yangisiga almashtirildi

Xiva shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Xiva tumani N.Kubro mahallasida yashovchi O.M hamda Yangiariq tumani "Soburzon" mahallasida yashovchi F.Q. bir xil mazmundagi ariza bilan murojaat qilgan.

Ularda bayon etilishicha, fuqaro O.M Xiva shahridagi savdo do'konidan 15 000 000 soʻmga konditsioner, F.Q. esa 5 000 000 soʻmga kir yuvish mashinasi xarid qilgan. Oradan ko'p vaqt o'tmay, texnikalar nosoz holga kelib qolgan. Shundan so'ng, murojaatchilar savdo do'koni xodimlariga shikoyat qilishiga qaramay, sotuvchilar o'zini paysalga solib, tovarni almashtirib bermagan.

Ushbu murojaatlar shahar jamiyatining mutaxassis xodimlari tomonidan o'rganilib, "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning tegishli moddalari asosida fuqarolarning huquqlari himoya qilindi va xarid qilingan maishiy texnikalar yangisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00