
25.05.2023
Davlatobod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shu tumanda yashovchi O.B.dan murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro “UZUM MARKET” ilovasi orqali 175 000 so‘mga “BOSCH-8028” rusumli dazmol xarid qilgan. Ammo uni uyiga olib borib ishlatganida, dazmolning nosozligi, ya’ni undan suv oqib ketishi ma'lum bo'lgan. Iste'molchi nosoz dazmolni almashtirib olish uchun bir necha bor sotuv bo'limiga murojaat qilishiga qaramay, muammo hal etilmagan.
Jamiyat xodimlari tomonidan ushbu murojaat qonun doirasida o‘rganib chiqildi hamda fuqaroning 175 000 so‘m pul mablag‘i qaytarib olib berilishiga erishildi.