28.01.2022
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi E.Saidov tomonidan murojaat kelib tushdi.
Qayd etilishicha, isteʼmolchi oʻz xonadonining tom qismini yopish maqsadida Kasbi tumanida joylashgan “Tilak Oston” xususiy korxonasiga qarashli qurilish mollari savdo doʻkonidan jami 180 dona shiferni 8 million 100 ming soʻmga sotib oladi. Uyning tom qismi shifer bilan yopilganiga koʻp boʻlmasdan, shiferlar sifatsizligi sabab unda yoriqlar hosil boʻla boshlaydi. Bir necha hafta ichida shiferlarning hammasi yaroqsiz holga kelib qoladi. E.Saidovning oʻziga yetkazilgan zararni qoplashni soʻrab tadbirkorga qilgan murojaati esa eʼtiborsiz qoldiriladi.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, tomga yopilgan shiferlar haqiqatda oʻta sifatsizligi, toʻliq yaroqsiz holga kelib qolganligi aniqlandi, sotuvchiga amaldagi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi va sifatsiz shiferlar sifatlisiga almashtirib berilishi taʼminlandi.
Yana bir murojaat, Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro F.Toʻraboyeva tomonidan kelgan boʻlib, qayd etilishicha, isteʼmolchi 2021yil iyul oyida Namangan shaxrida joylashgan kredit savdo doʻkonlarining biridan 12 oyga boʻlib toʻlash sharti bilan oʻz xonadoni uchun stol-stul jixozlarini sotib olgan. Mebel uyga olib kelib berilganida 5 dona stul jixozi yaroqsiz xolatda boʻlgan, shu kunning oʻzida stullarni sifatlisiga almashtirish maqsadida doʻkonga qaytarib berib yuboradi. Oradan 4 oy vaqt oʻtgan boʻlsada, maxsulot isteʼmolchiga qaytarib berilmagan. Isteʼmolchi tadbirkorga qayta qayta murojaat qilavergach, joriy yilning 10-yanvar kuni doʻkon xodimlari isteʼmolchi yubilan bogʻlanib, qisqa muddat ichida barcha mahsulotni qaytadan taʼmirlab berishlarini aytib olib ketishadi. Lekin maxsulotlar isteʼmolchi F.Toʻraboyevaga oʻz vaqtida qaytarib berilmaganidan noroziligini aytib oʻtgan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida maxsulot uchun toʻlagan jami 2.950.000 soʻm pul mablagʻi isteʼmolchiga qaytalishiga erishildi.