Telegram-bot Virtual qabulxona

12.03.2025

Shartnoma muddatida topshirilmagan uy-joy uchun ma’naviy zarar undirildi

Uy-joy xaridi jarayonida quruvchi tashkilot hamda mijoz o‘rtasida shartnoma tuzilib, shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarga ikki tomon ham amal qilishi qonunda belgilangan. Quruvchi tashkilot belgilangan muddatda uy-joyni qurib topshirmagan hollarda iste’molchining huquqi alohida band qilib shartnomada ko‘rsatiladi.

Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.Y. tumandagi “D B” qurilish massividan 150 000 000 so‘m evaziga kvartira xarid qilish bo‘yicha quruvchi tashkilot "P K" bilan shartnoma imzolagan va barcha to‘lovlarni amalga oshirgan. Shartnomada ko‘rsatilgan muddatda uy-joy topshirilmagach, amaliy yordam so‘rab, Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirgan. 

Buxoro tuman jamiyati tomonidan iste’molchi huquqini himoya qilish maqsadida FIB Buxoro tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sudning yakuniy qaroriga asosan, iste’molchiga uy-joy topshirilib, kechikkan muddat uchun 15 000 000 so‘m ma'naviy zarar iste’molchi foydasiga undirilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00