Telegram-bot Virtual qabulxona

27.07.2023

Yana bir murojaat ijobiy hal etildi

Bugun har jabhada ildamlab borayotgan yurtimizda fuqarolar haq-huquqlarini tez va adolatli hal etish, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi sir emas. O‘zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining barcha ijro apparati xodimlari faoliyati ayni me`zon asosida olib boriladi.

Xususan, kuni kecha “Porosmon” MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro A.Tursunovaning qilgan murojaati ham tezda ijobiy hal etildi. Gap shundaki, fuqaro A.Tursunova farzandi A. Isoqovning xonadoniga tabbiy gaz ta'minotidan 3 mln 600 ming so‘m miqdorida qarz tayinlanganligi to‘g'risida sms xabarnoma kelayotganligi sababli qarzdorlikka aniqlik kiritib berilishida amaliy yordam berishni so‘ragan.  Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish To‘raqo'rg'on tuman ijro etuvchi apparati mutaxassislari tomonidan o‘rganishlar natijasida, xonadonda eski tipdagi hisoblagichdan foydalanilayotganligi aniqlandi. Yangi zamonaviy tipdagi hisoblagich o‘rnatilib qarzdorlik qayta hisoblanganda fuqaroga tayinlangan 3.600.000 so‘m miqdoridagi qarzdorlik 800.000 so‘mga tushdi. Ushbu qarzdorlikning kelib chiqish sababi tahlil qilinib, ta'minotchi tashkilot xodimi tomonidan asossiz ravishda, xonadonda loyihadan tashqari foydalanish nuqtasi bor deya ma'lumotlar bazasiga dalolatnoma kiritilganligi aniqlandi. Afsuski, xodimning asossiz kiritgan birgina ma`lumoti sabab fuqaro tinchligi buzildi.

To‘raqo'rg'on tuman ijro etuvchi apparati mutaxassislari tomonidan tuman gaz ta'minoti korxonasi mutasaddilariga vaziyat yuzasidan tushuntirish berilib, fuqaro A.Isoqov xonadonining gaz loyihasidan nusxalar topshirildi. Shundan so‘ng xatlov yo‘li bilan qarzdorlik bekor qilinishiga erishildi.

Shu o‘rinda yana bir eslatma. Hurmatli fuqarolar! Agarda sizda ham shu kabi holatlar yuzaga kelsa bizning 1091 ishonch raqamimizga murojaat qiling!


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00