13.06.2023
Namangan tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shu yilning 9-iyul kuni Namangan tumanida yashovchi fuqoro B.Sh. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqoro oʻzining yashash xonadonini ta'mirlash maqsadida Namangan tumani Toshbuloq shaharchasi markazida joylashgan xoʻjalik mollari doʻkonidan qiymati 600 ming soʻm bo'lgan 130 qop "Arzik" qurilish materialini sotib olgan. Ammo undan foydalangandan soʻng, qurilish materiali sifatsizligi sababli, shoʻrlanish holati kuzatilgan.
Murojaat mutaxassislar tomonidan oʻrganilib, xoʻjalik mollari doʻkoni rahbariga isteʼmolchining nuqsonli tovar sotib olgandagi huquqlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, murojaatchining toʻlagan 600 000 soʻm pul mablagʻi va 1 100 000 soʻm usta haqi qoplab berilib, isteʼmolchi foydasiga jami 1 700 000 soʻm undirildi.