Telegram-bot Virtual qabulxona

02.11.2023

Salkam 4,5 million so'mlik nuqsonli telefon sifatlisiga almashtirildi

Bag‘dod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning Samarqand qishlog‘ida yashovchi M.R.ning xarid qilgan mobil qurilmasi nuqsonli chiqgach, sotuvchi uni qaytarib almashtirib olmayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.

Iste'molchining so‘zlariga ko‘ra, u tumandagi savdo markazidan 4 350 000 so‘mga "Samsung A13" rusumli mobil telefon apparatini xarid qilgan. Lekin foydalanish jarayonida unda nuqsonlar borligini payqagach, savdo markaziga qaytarib olib borgan. Tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirib berishlarini so'raganida esa rad javobini olgan.

Tuman jamiyati mutaxassisi mazkur murojaat asosida sotuvchi bilan uchrashib, masalaga oydinlik kiritgach, unga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini tushuntirdi. So'ng, sotuvchi iste'molchining qo‘lidagi nuqsonli telefon apparatini xuddi shu rusumdagi maqbul sifatlisiga almashtirib berdi.

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00