Telegram-bot Virtual qabulxona

25.04.2023

28 million so'm ta'minotchi hisobraqamiga o'tkazildi

Buxoro viloyati Jondor tumanda yashovchi fuqaro O.Sh. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Buxoro viloyati hududiy birlashmasiga og‘zaki murojaat qilgan.

Ma'lum qilinishicha, iste’molchi "Mikrokreditbank"dan motoblok xarid qilish uchun 28 000 000 so‘m kredit olgan. Ammo bank tomonidan ta’minotchiga pul ko‘chirib berilmagan. Fuqaro bankka bir necha marta murojaat qilgan bo'lishiga qaramay, muammo hal etilmagan.

Murojaat Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, bank xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng, 28 000 000 so‘m pul mablag'i ta'minotchiga to‘liq ko‘chirib berildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00