Telegram-bot Virtual qabulxona

19.05.2023

7 millionga yaqin asossiz qarzdorlik bartaraf etildi

Gaz, suv, elektr energiyasi kabi kundalik ehtiyojimiz uchun zarur boʻlgan mahsulotlarning narxini oʻz vaqtida toʻlab borish, avvalo, oʻzimiz uchun naf keltiradi. Undan ham asosiysi, davlat oldidagi fuqarolik pozitsiyamizning nechogʻlik shakllangani ham kommunal toʻlovlarga boʻlgan munosabatimizda oʻz aksini topadi. Afsuski, ba’zi hollarda toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirib kelayotgan fuqarolarga ham asossiz qarzdorlik yuklanayotganiga guvoh boʻlyapmiz.

Jizzax shahri H.Olimjon mahallasi N.Qoʻshoqov koʻchasida yashovchi fuqaro A.D. tomonidan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga xuddi shu muammo yuzasidan murojaat kelib tushgan. 

Unga ko'ra, iste’molchi kommunal to'lovlarni o'z vaqtida to'lagan bo'lishiga qaramasdan, Jizzax shahar gaz ta’minoti korxonasi tomonidan 6 900 000 soʻm qarzdorlik hisoblangan. Shuningdek, barcha qarzdorlik toʻlangan taqdirdagina, fuqaro xonadoniga elektron hisoblagich oʻrnatilishi mumkinligi aytilgan. 

O'rganish natijalariga ko'ra, haqiqatdan ham, fuqaroning "Billingaz" dasturida 28-10-13 sonli abonent raqami rasmiylashtirilgan boʻlib, xonadonning iste’mol qilingan tabiiy gaz boʻyicha hisob-kitobi, gaz hisoblagich uskunasi koʻrsatkichlari asosida amalga oshirib kelayotgani ma’lum boʻldi. Asossiz qarzdorlikka sabab esa, eski gaz hisoblagich uskunasi koʻrsatkichi oʻz vaqtida topshirilmagan va "Billingaz" dasturida avtomatik tarzda ortiqcha gaz sarfi hisoblagan. Jamiyat mutaxassislari tomonidan mas'ullarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilgach, 6 million 900 ming so'm asossiz qarzdorlik bartaraf etilib, iste’molchi xonadoniga jamiyat koʻmagi bilan elektron onlayn hisoblagich oʻrnatib berildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00