Telegram-bot Virtual qabulxona

11.09.2023

30 million so'mlik nosoz elektromotoroller bepul ta'mirlab berildi

Romitan tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Sh. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, iste'molchi 30 000 000 so‘mga tumanda joylashgan mototexnika savdo do‘konidan elektromotoroller xarid qilgan. Oradan 4 oy o‘tgach, ushbu transport vositasida qator nosozliklar kuzatilgan. Shundan so'ng, fuqaro uni kafolat muddati davrida do'kon servisiga olib borgan bo'lsa-da, undan 900 000 so‘m to‘lov amalga oshirishi kerakligini talab qilishgan.

Romitan tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat to‘liq o‘rganib chiqilishi natijasida, iste’molchi tomonidan qurilmaga hech qanday shikast yetkazilmaganligi, kafolat muddatida bepul servis amalga oshirilishi shartligi aniqlandi. Tadbirkorga qonuniy tushuntirish ishlari olib borilgach, elektromotoroller bepul ta’mirlab berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00