
07.09.2023
O‘zbekiston iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumga asosan, tomonlar hamkorlikda yo‘l harakati ishtirokchilari bo‘lgan iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida jamoatchilik nazoratiga oid turli tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi hamkorlikdagi tadbir olis Tomdi tumanida tashkil etildi. Tomdi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXX guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbir davomida fuqarolar hayotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlar hamda yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida harakat ishtirokchilari o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, avtomobil yo‘llarining, yo‘l harakati belgilarining holatlari o‘rganildi.
Shuning bilan birga, Tomdi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tumandagi “Tomdibuloq” OFY hamkorligida jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.
Ushbu tadbirda ovul fuqarolar yig‘inining raisi A.Kulmanov, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi mutaxassisi A.Juzgenovlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida mahalla aholisiga axborot berildi.
Tadbir davomida fuqarolar tomonidan aytilgan murojaatlarga soha mutaxassislari tomonidan amaliy yordamlar berilishi ma'lum qilindi, ayrim murojaatlar holatiga qarab joyida bartaraf etildi.