
02.06.2023
Fuqaro G.I. joriy yilning 15-may kuni federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro “Mebelit 777” OKdan 8 000 000 so’mga mebel buyurtma qilgan. Ammo olib kelingan mebel sifati talab darajasida bo'lmagan, shuningdek, kelishilgan tartibda yasab berilmagan.
Ushbu murojaat Samarqand shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o’rganilganda iste’molchiga yetkazilgan mebel sifati haqiqatan talab darajasida emasligi ma’lum bo’ldi. Mutaxassislar tomonidan qonunchilik doirasida tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida, tadbirkor qisqa muddat ichida mebelni iste’molchi bilan kelishilgan tartibda qayta jihozlab berdi.