Telegram-bot Virtual qabulxona

08.04.2024

1 yarim million so'mlik nuqsonli suv idishi sifatlisiga almashtirildi

Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro S.Q. tumandagi Tilovov Alisher Narzullaevich xususiy korxonasiga qarashli xoʻjalik mollari savdo doʻkonidan 1 million 450 ming soʻmga yelim suv idishi sotib oladi. Biroq suv idishidan foydalanish jarayonida undagi yoriqlar sabab, suv sizib chiqishi va idish yaroqsiz holga kelganligi ma'lum boʻladi. Sotuvchi esa buni tan olmasdan, mahsulotni almashtirib berishdan bosh tortadi.

Fuqaroning bu haqdagi murojaati tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida mahsulotni sotish vaqtida uning sifati sotuvchi va iste'molchi tomonidan tekshirib koʻrilmaganligi va mahsulot uchun kafolat muddati belgilanmaganligi ma'lum boʻldi. Amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablariga muvofiq, sifatsiz suv idishi boshqa sifatlisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.

Ma'lumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi talablariga koʻra, iste'molchi sotib olingan tovar  sifatini, butligini tekshirish huquqiga ega. Sotuvchi  esa unga narxga doir hujjatlarni taqdim etishi, tovarni ishlatib koʻrsatishi, undan xavfsiz va toʻgʻri foydalanishni oʻrgatishi, zarurat boʻlsa, tovarni ekspertizaga yuborishi shart.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00