
30.04.2024
Koson tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan elektr energiyasi toʻlovlaridan asossiz hisoblangan yana bir qarzdorlikka oydinlik kiritildi va bekor qilinishi ta'minlandi.
Xususan, tumanning "Rahim soʻfi" qishlogʻida yashovchi fuqaro R.Y. dehqonchilik qilish maqsadida suv nasosi uchun xonadoniga alohida elektr hisoblagich oʻrnatib, toʻlovlarni uning koʻrsatkichlari boʻyicha oyma-oy toʻlab borgan. Shunga qaramasdan, elektr ta'minoti idorasi tomonidan suv nasosi uchun ortiqcha 17 million 798 ming soʻm qarzdorlik hisoblangan.
Olib borilgan oʻrganishlarda, hisoblangan qarzdorlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablariga zid tarzda amalga oshirilganligi ma'lum bo'ldi. Aniqlangan holat yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Koson tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritilib, hisoblangan asossiz qarzdorlik toʻliq qayta hisob-kitob qilinib, bekor qilinishi ta'minlandi.