
12.02.2025
Uchqoʻrgʻon tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelgan navbatdagi murojaat ijobiy hal etildi.
Murojaatda bayon etilishicha, Uchqoʻrgʻon tumani "Islomobod" MFYda istiqomat qiluvchi I.Y. 8 700 000 soʻmga kelishuv asosida santexnik xizmatiga buyurtma bergan va oldindan to'lovni amalga oshirgan. Ammo oradan ancha vaqt oʻtsa ham, santexnik xodimlar tomonidan fuqaroga hech qanday xizmat koʻrsatilmagan. Fuqaro ushbu masala yuzasidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat yoʻllagan.
Holat tuman jamiyati xodimlari tomonidan to'liq oʻrganilib, koʻrsatilmagan xizmat uchun olingan pullar iste'molchiga toʻliq qaytarilib berildi.