Telegram-bot Virtual qabulxona

14.04.2022

Isteʼmolchilar foydasiga 7 milliard soʻm mablagʻ undirib berildi

 Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga  2022-yilning 1-choragi davomida isteʼmolchilardan 3552 ta murojaat kelib tushgan. Shu oʻrinda tabbiy bir savol tugʻiladi, bugun isteʼmolchilar qaysi sohalardan norzi boʻlmoqda? Kelib tushgan arizalarni tahlil etilganda: birinchi navbatda savdo sohasidan (1291 ta), gaz taʼminoti sohasidan(473 ta),  elektr energiyasidan(285 ta), suv taʼminoti(182 ta), kommunal sohalar(136 ta) kabi tarmoqlardan isteʼmolchilar noroziligi koʻrsatkichi yuqori ekanligini koʻrish mumkin. Bundan tashqari sogʻliqni saqlash(46ta), xizmat koʻrsatish(servis173 ta), transport(122ta), aloqa va interet (106 ta)  kabi sohalardan ham noroziliklar mavjud. Ijobiy hal etilgan murojaatlar natijasida isteʼmolchilar foydasiga 7 milliardan ziyod mablagʻ undirib berildi. Koʻrib chiqilgan har bir ariza, har bir soʻm mablagʻ bir insonlarning huquqiy himoyasi, bir isteʼmolchi  muammosining yechimi deyish mumkin. Zero, “Odamlarning dardu-tashvishlari bilan yashash odamiylikning eng oliy mezonidir”... Isteʼmolchi sifatida sizni qiziqtirgan savol, qiynayotgan muammo boʻlsa Federatsiyaning 10-91 ishonch telefoniga yoki Telegram-bot istemol.uz (@ PotrebitelUz_bot) ga murojaat qilishingiz mumkin.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00