Telegram-bot Virtual qabulxona

17.08.2023

Sifatsiz mahsulot sotuvchiga qaytarildi

Har birimiz bozordan yoki kiyim doʼkonlaridan oyoq kiyim tanlash jarayonida juda ehtiyotkormiz. Sababi kun davomida harakatlanishda va yurishda qulayligiga eʼtibor qaratamiz.

Shofirkon tumanidan kelib tushgan ushbu murojaat muallifi S.А ham Shofirkon dehqon bozorida joylashgan 107-oyoq kiyimlari doʼkonidan 270.000 soʼmga erkaklar oyoq kiyimi xarid qilgan. Shu kunning oʼzidayoq oyoq kiyim sifatsizligi kuzatilgan.

Shofirkon tuman jamiyati xodimlari murojaatni oʼrganib, haqiqatda oyoq kiyim sifatsiz ishlab chiqarilganligi aniqlandi. Tadbirkorga qonun doirasida tushuntirish va tavsiyalar berilgach, isteʼmolchiga toʼlov toʼliq qaytarib olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00