Telegram-bot Virtual qabulxona

22.08.2023

Amalga oshirilgan to`lov hisobga kelib tushmadi

Аloqa provayderlari xizmatlari paydo boʼlgan yaqin tarixdan maʼlumki, ularga toʼlovni amalga oshirish uchun "Paynet" toʼlov xizmatlaridan foydalaniladi. Tezkor toʼlov xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida bugun koʼcha va guzarlarda ham "Paynet" elektron shahobchalari tashkil etilgan.

Toshkent viloyat Zangiota tumanida doimiy roʼyxatda turgan fuqaro Sh.R oʼz telefon raqami oylik toʼlovi uchun ushbu elektron qurilma orqali 50 000 soʼm toʼlagan. Аmmo hisobiga pul kelib tushmagan. Yordam soʼrab Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi qisqa ishonch raqami orqali murojaat qoldirgan.

Buxoro shahar jamiyati xodimlari tomonidan ushbu murojaat oʼrganilib, ijobiy hal etildi, yaʼni isteʼmolchi hisobiga toʼlagan toʼlovi koʼchirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00