Telegram-bot Virtual qabulxona

07.10.2024

Nuqsonli tovar puli iste`molchiga qaytarildi

O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari bayon etilganligi.  Unga ko`ra, nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
- tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
- tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
- tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan - - xarajatlarini qoplash;
- xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
- shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.

Samarqand viloyati Paxtachi tumani Bodoy MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Z.F. ning O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining qisqa raqamli (1091) ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilib, qoldirgan shikoyati ham ayni masalaga aloqador. 

Murojaatda bayon etilishicha, iste`molchi Z.F. Paxtachi tuman Ziyovuddin shaharchasida joylashgan "Hamroh" savdo do`konidan umumiy qiymati 2 million so`m bo`lgan telefon sotib oladi.  Ammo mazkur tovardan foydalanish jarayonida turli nuqson va kamchiliklar yuzaga chiqadi. Shundan so`ng fuqaroning tovar xususidagi og`zaki murojaatini do`kon sotuvchilari e`tiborsiz qoldiradi. 

Vaziyat O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Paxtachi tuman jamiyati xodimlari tomonidan o`rganildi. O`rganish davomida tovar haqiqatda nuqsonligiga aniqlik kiritildi hamda fuqaroning talabiga ko`ra tovar uchun to`langan 2 million so`m pul mablag`i fuqaroga qaytarib berilishiga erishildi. Nuqsonli tovar esa do`konga qaytarildi.  


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00