Telegram-bot Virtual qabulxona

27.08.2024

Nosoz gaz plitasi sifatlisiga almashtirib berildi

Narpay tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Samarqand viloyati Paxtachi tumani "Quvondiq" MFYda istiqomat qiluvchi  fuqaro (iste`molchi) N.E. ning qilgan murojaati o`rganib chiqildi. 

Murojaatda bayon etilishicha  fuqaro (iste`molchi) N.E.  Samarqand viloyati Narpay tumani Mirbozor bozorida joylashgan  "Oqtosh Sayyora ona" MCHJga qarashli do`kondan "Ideal" gaz plitasini xarid qiladi. Ammo bir necha kun ichida mazkur tovarda jiddiy nuqsonlar borligi yuzaga chiqadi. Dastlab fuqaro do`kon sotuvchilariga tovarni sifatlisiga almashtirib berishlarini so`rab murojaat qiladi.  Ammo bu murojaat turli bahonalar bilan  paysalga solingan. Shundan so`ng fuqaro mazkur holatdan norozi bo`lib O`zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining qisqa raqamli 1091 ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilib savdo do`koni ustidan shikoyat arizasini qoldiradi. 

Mazkur ariza tegishliligiga ko`ra  Narpay tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan atroflicha o`rganildi. O`rganishalar davomida xarid qilingan tovar haqiqatda nuqsonli ekanligi aniqlandi. Holat yuzasidan do`kon sotuvchilariga va rahbariyatiga qonuniy tushuntirishlar berildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari bayon etilganligi.  Unga ko`ra, nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli ekanligi:

tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;

tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;

tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;

xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash huquqlari borligi aytib o`tildi. Shundan so`ng mazkur nuqsonli tovar boshqa bir sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00