Telegram-bot Virtual qabulxona

06.01.2024

SIFATSIZ MAHSULOT SIFATLISIGA ALMASHTIRIB BERILDI

Bugun texnika va texnologiyalar taraqqiy etgan bir davrda yashamoqdamiz. Bu sohada soniya sayin ro`y berayotgani yangiliklar kishi havasini keltiradi. Bunday jarayonga esa asosan biron bir narsa xarid qilishga borganimizda  guvoh bo`lamiz. Ammo kuzatayotgan va xarid qilayotgan mahsulotlarimizning barchasi ham doim sifatli bo`lib chiqavermaydi. Shu mazmundagi holatga duch kelgan Urganch shahar, A.Boxodirxon ko'chasi 205-uy, 19-xonadonda yashovchi fuqaro R. D. Urganch tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og'zaki murojaat qildi.

 Fuqaroning murojaatiga ko'ra yangi sotib olingan "IPhone-15" rusumli telefoni nosoz chiqqanligi sababli yangisiga almashtirib berishni so'ragan. Tadbirkor nosoz telefonni almashtirib berishdan bosh tortgan .Fuqaroning murojaati yuzasidan tadbirkor bilan uchrashilib, nosoz "IPhone-15" rusumli telefoni yangisiga almashtirilib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00