
01.11.2024
Fuqaro G.A. Qo'ng'irot tuman markazidagi maishiy texnikalar savdo do‘konidan 5 200 000 so‘mga changyutgich sotib olgan, lekin u nosoz bo'lib chiqqan. So'ng, iste'molchi bu bo'yicha savdo do‘koni mas'ullariga murojaat qilgan, ammo ular turli bahonalarni ro‘kach qilib, muammoni hal qilib bermagan.
Fuqaro ushbu masalani hal qilishda amaliy yordam so'rab, Qo'ng'irot tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o'rganilib, iste'molchi huquqlarini himoya qilish nizom bandlari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida, nosoz changyutgich bepul ta'mirlab berildi.