
12.06.2023
Shu yilning 15-may kuni Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi "Qirqchek" MFYda yashovchi fuqarolar yozma ariza bilan murojaat qilgan.
Unda bayon etilishicha, fuqarolar istiqomat qilayotgan mahalla hududida elektr energiyasining kuchlanishi pastligi va shu sababli, elektr tokida ishlaydigan maishiy texnika vositalari o’z me'yorida ishlamayotganligidan aziyat chekib kelgan.
Holat yuzasidan jamiyat xodimlari hamda Mingbuloq tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan o’rganish ishlari olib borilib, haqiqatan ham ushbu MFY hududida elektr energiyasi kuchlanishi pastligi aniqlandi. O’rganishlar bo’yicha aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 630 kVA li 142-sonli transformator o'rnatib berildi va iste’molchilarning murojaatlari ijobiy hal etildi.