Telegram-bot Virtual qabulxona

24.05.2024

125 million so'mdan ortiq pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Xorazm viloyati Xiva tumani "Gulirayxon" ko'chasida yashovchi A.R. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Iste'molchi 2024-yil 13-fevral kuni Urganch shahrida joylashgan "Avto Layner Xorazm" MCHJ bilan "Tracker Premier plus" avtomashinasi uchun shartnoma tuzgan va 125 642 080 so'm to'lovni amalga oshirgan. Ammo ayrim sabablarga ko'ra, shartnomani bekor qilib, to'langan pul mablag'ini qaytarib olishda amaliy yordam so'ragan.

Murojaat tegishliligi bo'yicha Urganch shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o'rganildi. Natijada, avtomashina uchun to'langan 125 642 080 so'm pul mablag'i "UzAvto motors" kompaniyasi tomonidan to'lab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00