
25.07.2023
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2023-yilning birinchi yarim yilligi davomida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 8702 ta murojaat kelib tushgan.
🔹Mazkur ariza va shikoyatlarning 7780 tasi, ya’ni, 90,7 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 34 milliard 985 million 311 ming 247 so'm (3 013 372 $) yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
⚖️ Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan kelib tushgan 95 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 6 milliard 288 million 950 ming 639 so'm (541 683 $) moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Bundan tashqari, fuqarolardan tushgan jami 33 ta murojaat yuzasidan nazorat organlariga tegishli murojaatlar yo'llanib, ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga 146 million 707 ming so'm (12 636 $) mablag' qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.
📊Isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning
3077 tasi (35,4%) – savdo;
1176 tasi (13,5%) – gaz taʼminoti;
1061 tasi (12,2%) – elektr taʼminoti;
370 tasi (4,3%) – suv taʼminoti;
797 tasi (9,2%) – kommunal xizmat;
144 tasi (1,7%) – sogʻliqni saqlash;
546 tasi (6,3%) – xizmat koʻrsatish (servis);
206 tasi (2,4%) – transport;
215 tasi (2,5%) – aloqa (va internet);
1110 tasi (12,8%) esa boshqa sohalarga toʻgʻri keladi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018-yilda Xalqaro iste'molchilar tashkiloti (Consumers International) a'zoligiga qabul qilingan.