Telegram-bot Virtual qabulxona

12.04.2023

8 milliarddan ortiq mablag' iste'molchilar foydasiga hal etildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2023-yilning birinchi choragi davomida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 4936 ta murojaat kelib tushgan.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 4478 tasi, ya’ni, 90,7 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 8 660 767 611 ( sakkiz milliard olti yuz oltmish million yetti yuz oltmish yetti ming olti yuz o'n bir) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan kelib tushgan 55 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 1 422 690 346 (bir milliard to'rt yuz yigirma ikki million olti yuz to'qson ming uch yuz qirq olti) so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Bundan tashqari, fuqarolardan tushgan jami 16 ta murojaat yuzasidan nazorat organlariga tegishli murojaatlar yo'llanib, ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga 143 292 000 (bir yuz qirq uch million ikki yuz to'qson ikki ming) so'm mablag' qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.

Isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning 1751 tasi (35,5%) savdo sohasiga, 884 tasi (17,9%) gaz taʼminoti sohasiga, 824tasi (16,7%) elektr taʼminoti sohasiga, 151 tasi (3,1%) suv taʼminoti sohasiga, 194 tasi (3,9%) kommunal xizmat sohasiga, 87 tasi (1,8%) sogʻliqni saqlash sohasiga, 217 tasi (4,4%) xizmat koʻrsatish (servis) sohasiga, 108 tasi (2,2%) transport sohasiga, 148 tasi (3,0%) aloqa (va internet) sohasiga, 572 tasi (11,6%) esa boshqa sohalarga toʻgʻri keladi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018-yilda Xalqaro iste'molchilar tashkiloti (International Consumers) a'zoligiga qabul qilingan.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00