Telegram-bot Virtual qabulxona

14.04.2023

Iste'molchiga davolanish uchun imtiyozli yo'llanma olib berildi

Davlatobod tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro N.S.dan murojaat kelib tushgan.

Fuqaro bolalikdan yurak kasalligidan aziyat chekib, shifoxonada muntazam davolanib keladi. Ammo hozirda uning oilaviy sharoiti yaxshi emasligi sababli, davolanish uchun imtiyozli yoʻllanma olishda amaliy yordam soʻragan.

Jamiyat xodimlari tuman Tibbiyot birlashmasi bilan bogʻlanib, murojaatchining yashash sharoitidan kelib chiqib, Davlatobod tuman Markaziy shifoxonasida davolanish uchun imtiyozli yoʻllanma olib berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00