
30.11.2023
Andijon shahrida yashovchi fuqaro A.I. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro Andijon shahrida joylashgan “Alif Moliya” MCHJga qarashli “Idea” savdo doʻkonidan 11 466 000 soʻmga noutbuk va 3 570 000 soʻmga mobil telefon apparatini muddatli toʻlov asosida sotib olgan. Biroq oradan 3 kun oʻtib, noutbuk texnik jihatdan yaxshi ishlamayotgani sababli, doʻkonga qaytarib olib borganda sotuvchi kompyuterni almashtirib berishdan bosh tortgan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan fuqaroning murojaati tegishli tartibda oʻrganilib, “Alif Moliya” MCHJ rahbariga bildirishnoma xati kiritildi. Shundan soʻng, iste'molchi xohishiga ko'ra, savdo doʻkoni bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi.