
29.10.2024
Qo’rg’ontepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Dehqonobod" MFYda yashovchi fuqaro murojaat qilgan.
Murojaat mualifi U.M.ga 2021-yil birinchi choragida tadbirkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida yashash xonadoniga 1.4 sotix hajmdagi issiqxona qurish uchun 9 mln 100 ming so’m kredit mablag'i ajratilib, ta’minotchi “ELIT AGROTEXNIK TOMORQA XIZMATI” MCHJ orqali shartnoma asosida issiqxona qurib bitkazilgan. Biroq ushbu issiqxona nosozligi sababli, iste’molchining ko’ngli to’lmay, bir necha bor ta’minotchiga shikoyat qilgan. So'ng, fuqaro U.M.ga ajaratilgan 9 mln 100 ming so’m kredit summasini so’ndirib berish sharti bilan issiqxona ta’minotchi tomonidan buzib olib chiqib ketilgan, ammo bugungi kunga qadar fuqaroga ajratilgan kredit summasi so’ndirilmagan.
Mazkur murojaat Qo’rg’ontepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan joyiga chiqib o’rganildi va natijasiga ko’ra, fuqarolik ishlari bo’yicha Asaka tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan da'vo talabi to’liq qanoatlantirilib, “ELIT AGROTEXNIK TOMORQA XIZMATI” MCHJdan iste’molchi foydasiga 14.120.000 so’m miqdorida moddiy zarar va 34.000 so’m pochta xarajati undirib berildi.