
09.04.2024
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani ijro etuvchi aparatiga ko'p qavatli uylarda yashovchi iste'molchilardan ko'plab murojaat kelib tushgan.
Ma'lum bo'lishicha, ko'rsatilmagan pullik xizmatlar uchun hisoblanagan noreal qarzdorliklarni undirish maqsadida "Yangiqo'rg'on obod uy kommunal servis" MCHJ xizmat ko'rsatuvchilari tomonidan Yangiqo'rg'on tumanidagi "Qo'riq", "Zarbdor", "Buloqboshi" va "Beshbuloq" MFYlarda joylashgan 202 ta xonadonga talabnomalar yuborilgan.
Talabnomalarga asosan, ko'rsatilmagan xizmatlar uchun 37 milliondan ortiq noreal qarzdorlik hisoblangan. Jamiyat xodimlari say-harakatlari natijasida, noreal qarzdorliklar "Billing" dasturidan chiqarildi va iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi.