
15.01.2025
Iste'molchi X.M. To'rtko'l tumanida joylashgan savdo do'konidan 3 900 000 so'mga generator xarid qilgan, ammo sifatsiz chiqqanligi uchun do'konga qaytarib, yaroqlisiga almashtirib olgan. Almashtirib berilgan generator ham nosoz chiqqanligi sababli savdo xodimlaridan to'langan pul mablag'ini qaytarib berishni talab qilgan. Lekin iste'molchiga pullar qaytarilmagan.
Shu masala yuzasidan iste'molchi To'rtko'l tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o'rganilib, iste'molchi huquqlarini himoya qilish nizom bandlari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi va 3 900 000 so'm iste'molchiga qaytarilib, murojaati ijobiy hal etildi.