Telegram-bot Virtual qabulxona

23.04.2024

Kir yuvish mashinasi uchun to'langan 7 yarim million so'm iste'molchiga qaytarildi

Kir yuvish mashinalari kirib bormagan xo'jaliklar ozchilikni tashkil etsa kerak. Mahsulotning narxiga qarab sifatli bo'ladi deydiganlar navbatdagi murojaatni mutolaa qilishsa, nur ustiga a'lo nur.

Olot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. tuman markazidagi maishiy texnika savdo do'konidan 7 500 000 so'mga kir yuvish mashinasi xarid qilgan. Ammo oradan ko'p o'tmasdan, qurilma nosozligi ma'lum bo'lgan. Iste'molchi tadbirkorga muammoni batafsil bayon etsa-da, hech qanday natija bo'lmagan. So'ng, amaliy yordam so'rab, Olot tuman jamiyatiga murojaat qilgan.

Jamiyat xodimlari malakasi va huquqiy asoslar sababli, iste'molchi huquqi tiklandi, murojaat ijobiy hal qilinib, murojaatchiga 7 500 000 so'm to'lovi qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00