25.04.2023
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi tomonidan "Ommaviy axborot vositalari orqali isteʼmol madaniyatini yuksaltirish va aholining huquqiy savodxonligini oshirish" mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Namangan viloyati hududiy birlashmasiga qarashli 13 ta tuman, shahar jamiyatlari xodimlari, Namangan viloyati Adliya boshqarmasi boʻlimi boshligʻi Zulfiya Ahmadxoʻjayeva, Oʻzbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Namagan viloyati boʻlimi rahbari Ikromjon Karimov hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida qatnashchilarga sohaga oid zarur maʼlumotlar berildi. Namangan viloyati Adliya boshqarmasi boʻlimi boshligʻi aholining huquqiy madaniyatini oshirish va 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendum boʻyicha so'z yuritdi. Nodavlat notijorat tashkilotlarning bugungi kundagi oʻrni, isteʼmol madaniyatini yuksaltirish boʻyicha NNTMA Namangan viloyati rahbari nutq so'zladi.
Seminar soʻnggida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi rahbari O.Boyboyev tomonidan birinchi chorak yakuni boʻyicha sohada erishilgan yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.