Telegram-bot Virtual qabulxona

31.07.2023

Yana bir noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Dang‘ara tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Katta Aravon" qishlog‘ida yashovchi A.S. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro xonadonida iste'mol qilingan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni o'z vaqtida amalga oshirib kelgan bo'lsa-da, Farg'ona viloyati "Suvoqava" DUK Dang'ara tuman filiali tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblangan.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida iste'molchi tomonidan keltirilgan vajlarning asosli ekanligi, fuqaro tomonidan to‘langan to‘lovlar hisoblagich ko‘rsatkichining 933 metr kubiga qadar amalga oshirilganligi, joriy yilning 1-avgust holatiga ko'ra, unda qarzdorlik mavjud emasligi korxonadan olingan ma'lumotnoma bilan ham tasdig‘ini topdi. Qarzdorlik ko‘rsatkichlarni bazaga noto‘g‘ri kiritilishi oqibatida kelib chiqqanligi kuzatilib, qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi va tegishli dalolatnoma asosida fuqaroning abonent raqamidan chiqarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00