
17.08.2023
O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga tushgan navbatdagi murojaatiga koʻra: Jizzax shahrining Madaniyat mahallasida istiqomat qiluvchi iste’molchi G.T. doʻkondan 7 900 000 (yetti million toʻqqiz yuz ming) soʻmga “Primer” rusumli havo sovutgich xarid qilgan, biroq oradan 3 kun oʻtib, mahsulot umuman ishlamay xonani shamollatish funksiyasini yoʻqotadi. Fuqaro savdo doʻkoni va servis xizmati xodimlariga qayta-qayta qoʻngʻiroq qilishiga qaramasdan uning talabi qondirilmaydi.
Murojaat boʻyicha Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari I.Karimov koʻchasida joylashgan “Asr-Super” xususiy korxonasiga qarashli servis markazida oʻrganish oʻtkazdi va iste’molchining hovo sovutgichiga yangi motor oʻrnatib berildi. Endilikda G.T. havo sovutgichi soz ishlayotganidan minnatdor.