25.08.2021
Soʻngi yillarda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyatini, ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha sezilarli chora-tadbirlar koʻrildi.
Jumladan, “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” gʻoyasini amalda roʻyobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor vazifalari Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda nafaqat davlat va hoʻjalik boshqaruvi organlari shuningdek, “davlat + fuqarolik jamiyati institutlari + tadbirkorlik subyektlari” tamoyili asosida vertikal boshkaruvga ega mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan yirik jamoatchilik tashkiloti sifatida Oʻzbekiston isteʼmolchilar xukuklarini ximoya kilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan kator ijtimoiy ahamiyatli loyihalar ishlab chiqilib amalda tadbiq etildi.
Taʼkidlash joizki, Federatsiya tomonidan mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish boʻyicha inovatsion gʻoyalar orqali oʻz tashabbusiga tayangan holda faoliyat koʻrsatayotgan jamoatchilik tashkiloti sifatida “Isteʼmolchilar uyi” va “Istemolchi kutubxonasi” loyihasi ishlab chikilib, loyixa doirasida hokimliklar amaliy koʻmagida Oltiariq, Rishton, Bagʻdod, Fargʻona, Margʻilon, Qoʻshtepa, Yozyovon, Dangara, Qiziltepa, Tomdi, Konimex, Uchkuduk, Olot, Buxoro, Korakul, Koson, Kasbi, Shaxrisabz, Dehqonobod, Uzun, Boysun, Angor, Oltinsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Norin, Chortok, Mingbulok, Izboskan, Asaka, Xonobod tumanlari hamda Fargona, Karshi, Zarafshon, Namangan, Nukus, Shargʻun shaharlarida isteʼmolchi kutubxonasi va isteʼmolchilar uyi qurib foydalanishga topshirilishi natijasida federatsiyaning tuman (shaxar) bulimlari oʻz maʼmuriy binolariga ega boʻlishi bilan bir qatorda 30 dan ortik ishchi oʻrinlari yaratildi.
Bugungi kunda loyiha doirasida 71 ta tuman va shaharda qurilish ishlari davom ettirilmoqda.
Kasbi tumanida qad rostlagan, zamonaviy uslubda qurilgan, oʻziga xos innovatsion yechimga ega “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksining foydalanishga topshirilgani ham buning aksidir.
Tadbirni ochib berishda Oliy majlis qonunchilik palatasi spikeri birinchi oʻrinbosari Akmal Xolmatovich Saidov video aloqa orqali qatnashgani tadbir ishtirokchilari uchun kutilmagan voqea boʻldi. Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqanlar yoshlarning isteʼmolchilik huquq va maʼdaniyatini oshirish, ularning oʻz huquq va burchlari nimadan iborat ekanini oʻrgatish, oʻzlari qiziqqan sohalarining yetuk kadrlari boʻlib yetishishlari uchun oʻquv kurslarining ham joriy etilgani haqida aytib oʻtishdi. Faxriy nuroniy otaxonlar esa, koʻzlarida quvonch bilan yoshlar uchun bu kabi sharoitlarning yaratilayotgani, ularning kelajakda yetuk kadr boʻlishlarida asos boʻlib xizmat qilishini taʼkidlab oʻtishdi.
Qayd etish joizki, Mazkur kompleksdan oʻrin olgan “Isteʼmolchi kutubxonasi” fondidan 6 mingdan ortiq kitoblarni oʻzida jamlagan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va isteʼmolchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qoʻllanmalar, maʼrifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan qiziqarli va ijtimoiy-siyosiy gazeta-jurnallar bundan tashqari, isteʼmolchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi ham oʻrin olgan. Taʼkidlash joizki, ilk bora 100 ming donadan iborat elektron kitoblar bazasi ham shakllantirilgan boʻlib, barcha kitobxonlar arzon narxda masofadan turib xarid qilishlari mumkin.
Kutubxonada zamonaviy “Book cafe” va bepul Wifi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron oʻquv qurilmasi ham oʻrnatilgan. Bundan tashqari, majmuadan 5 muhim tashabbus doirasida xotin-qizlar uchun tikuvchilik markazi, maktabni tugatib, biroq ishsiz yurgan yosh yigitlar uchun esa hunarmandchilik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan 15 ga yaqin toʻgaraklar hamda hozirda yosh avlod katta qiziqish bildirayotgan milliy cholgʻu asboblarini chalishni oʻrgatadigan boʻlimlarni oʻz ichiga jamlab olgan. Ular shahardagi barcha maktablarning musiqa fani oʻqituvchilari bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻygan boʻlib, ushbu darsni amaliyot shaklida haftaning muayyan soatida bu yerda oʻtishlari mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksida joy olgan “Isteʼmolchi qabulxonasi”da esa, isteʼmolchilarning ariza va murojaatlari qabul qilinadi.
Bir soʻz bilan aytganda, bu kabi maskanlar yosh oʻgʻil-qizlarimizning ham maʼnaviy tafakkurini boyitish, ularni kasb-hunarga oʻrgatish, yashirin salohiyati va isteʼdodini kashf etish uchun beqiyos imkoniyatlar beshigi boʻlib xizmat qiladi.