Telegram-bot Virtual qabulxona

12.03.2024

Iste'molchiga yangi "KIA" avtomobili olib berildi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi fuqaro B.E. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Aytilishicha, fuqoro qizi G.X. nomiga Navoiy shahrida joylashgan avtosalondan avtomobil xarid qilish uchun shartnoma tuzib, 307 000 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Ammo shartnoma tuzilganidan so'ng, avtosalon xodimlari tomonidan fuqoroga avval minilgan avtomobil ko‘rsatilgan. Fuqaroning shartnomaga asosan yangi avtomashina berilishi kerakligi tog'risidagi talabi qanoatlantirilmagan.

Ushbu murojaat Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi, xizmat koʻrsatuvchiga majburiyatlari, shuningdek, isteʼmolchining haq-huquqlari tushuntirildi. Yakunda, isteʼmolchiga shartnomada koʻrsatilganidek, yangi “KIA” avtomobili olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00