Telegram-bot Virtual qabulxona

25.05.2023

5 million so'mlik sifatsiz "Akfa" eshik romlari yangisiga almashtirildi

Uychi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Jiydakapa" mahallasida yashovchi fuqaro J.O. ariza bilan murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, fuqoro xususiy tadbirkor Q.F. bilan kelishib, oʻzining yashash xonadoni uchun 5 million so'mga "Akfa" eshik romlari sotib olgan. Ammo oradan bir oy vaqt oʻtmay, xarid qilingan tovarning sifatsiz ekani ma'lum bo'lgan.

Ushbu murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganilib, xususiy tadbirkorga "Istemolchilar huquqlarini himoya qilish to‘grisida"gi qonunga asosan, nuqsonli tovar sotib olganda isteʼmolchining huquqlari va nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi tushuntirildi. Natijada, isteʼmolchining 5 million soʻmlik sifatsiz mahsuloti yangisiga almashtirib berildi.

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00