Telegram-bot Virtual qabulxona

10.02.2023

Noreal qarzdorliklarga qachon barham beriladi? "Bilsa, hazil, bilmasa, chin"mi?

Farg‘ona tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan "Toshqo‘rg'on Aziz" MFYda yashovchi A.O‘. ning ichimlik suvi to‘lovlarida asossiz qarzdorlik hisoblanayotgani to‘g‘risidagi yozma murojaati o‘rganildi.

Murojaatchining bildirishicha, ichimlik suvi ta'minoti korxonasi tomonidan fuqaro xonadonidagi ichimlik suvi hisoblagichi ko‘rsatkichlari dasturga kiritilmagani sababli, 1 mln 800  ming so‘m miqdorida qarzdorlik yuzaga kelgani aytilgan. Shundan so‘ng, u holatga aniqlik kiritishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab tuman jamiyatiga murojaat qilgan.

Iste'molchining murojaati asosida "Farg‘ona suvta'minoti" MChJ tuman bo‘limi mas'ullari bilan iste'molchi xonadonidagi hisoblagich ko‘rsatkichlari va iste'molchi tomonidan to‘langan to‘lovlar asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar va qayta hisob-kitob ishlari natijasida abonent raqamiga bazada yuzaga kelgan 1 mln 815 ming so‘m qarzdorlikning asossiz ekani ma'lum bo‘ldi. Noreal qarzdorlikni tegishli tartibda hisobdan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, iste'molchiga bu haqda yozma javob xati yuborildi.

Shu o‘rinda iste'molchilarga "O‘zsuvta'minot" AJning rasmiy saytida (cabinet.uzsuv.uz) ularning shaxsiy kabinetlari mavjudligini, unga davriy ravishda kirib, iste'mol ko‘rsatkichlarini nazorat qilib borish imkoniyatiga ega ekanliklarini eslatib o‘tamiz.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00