
14.03.2024
Fuqaro S.S 2023-yilning dekabr oyida Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilib, “STAHEL-HYDROTECH” MCHJ va murojaatchi o’rtasida 2018-yil 10-fevralda tuzilgan shartnomaga ko’ra, 84 kv. metr xonadonni 226 million so’mga sotib olishga kelishilganliklari va bir yil davomida fuqaro 100 million so’m pulni shartnomaga asosan to’lab kelgani, qolgan to’lovlarini pandemiya sabab ishlamagani uchun to’lay olmaganligini bildirganiga qaramasdan, fuqaroga berilishi kerak bo’lgan 84 kv. metr xonadon boshqa bir fuqaroga sotib yuborilganidan noroziligini bildirgan.
Ushbu murojaat Samarqand shahar jamiyati tomonidan o'rganilganda haqiqatan isteʼmolchiga berilgan uy boshqa bir fuqaroga sotib yuborilganligi aniqlandi va Fuqarolik ishlari bo’yicha Samarqand shahar sudiga da’vo arizasi kiritilib, 100 million so'm to'lovi, 50 million so'm penya va 20 million so'm ma'naviy zarar jami 170 million so'm pul mablag'i iste'molchi foydasiga undirildi.