Telegram-bot Virtual qabulxona

04.03.2022

Eski muammoning-yangi talqini

Аvto lizing korxonalari va avtosalonlar bilan tuzilgan shartomaga asosan fuqarolarga avtomashinani oʼz vaqtida berilmasligi bugunga kelib hech kimga yangilik boʼlmay qoldi.

 Shunday muammolardan biri Samarqand shahri “Ibn Аrab Shoh” koʼchasida yashovchi fuqaro T. Gulyamov bilan ham yuz berdi. Maʼlum boʼlishicha fuqaro 2021- yilning avgust oyida Samarqand shahridagi ,,ORIENT АVTO LIZING" korxonasi bilan “Damas” avtomashinasini sotib olish maqsadida shartnoma tuzgan. Shartoma sharti boʼyicha fuqaroga 2021- yilning oktyabr oyida avtomashina yetkazib berilishi belgilangan. Аmmo isteʼmolchiga maʼlum boʼlmagan sabablarga koʼra avtomashina oʼz egasiga belgilangan vaqtda yetkazib berilmagan. T. Gulyamov belgilangan 40 628 000 soʼm pulni oʼz vatida toʼlagan boʼlsada avtomashinani ham toʼlagan pulini ham ololmay sarson boʼlgan. Muammosiga yechim topish maqsadida isteʼmolchi 2022- yilning 22- fevral sanasida Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoni orqali murojat qilgan. Uning masalasi Federatsiyaning Samarqand shahar jamiyati xodimlari tomonidan vakolat doirasida oʼrganib chiqildi. Natijada isteʼmolchiga avtoulov uchun toʼlagan 40 628 000 soʼm mablagʼ toʼliq qaytarib berildi.

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00