Telegram-bot Virtual qabulxona

23.05.2023

Aviachipta puli iste'molchiga qaytarildi

Bag‘dod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman hududida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Q.dan xarid qilingan aviachiptani qaytarish masalasida murojaat kelib tushgan.

Unda bayon qilinishicha, fuqaro Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga uchish uchun tuman markazidagi aviachipta sotish shohobchasidan 2 million 300 ming so‘mga bilet sotib olgan. Chipta shu yilning 22-aprel kuni xarid qilingan va uchish 23-may kuniga belgilangan. Lekin bu orada murojaatchining borib ishlashi kerak bo‘lgan manzilda ish o‘rni qisqartirilayotgani to‘g‘risida xabar kelgan. Shundan so‘ng, u aviachiptani bekor qilmoqchi bo'lgan, ammo masala hal etilmagan.

O'rganish ishlari davomida uchishni bekor qilish uchun fuqaro tomonidan bildirilayotgan vajning asosli ekanligi inobatga olinib, aviachiptalarni sotish shohobchasi mas'ullari bilan xarid qilingan chiptani qaytarish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, iste'molchiga xarid qilingan aviachipta puli kompaniya tomonidan qo‘llaniladigan 10 foiz jarimasini chegirib qolgan holda qaytarilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00