Telegram-bot Virtual qabulxona

02.05.2023

"Lacetti" o'z egasiga yetkazildi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani "Qizil olma" mahallasida yashovchi fuqaro M.X. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro 2022-yil 1-avgust kuni "Lacetti" avtomobilini sotib olish uchun "Surxondaryo Avtotexxizmat" MChJ bilan shartnoma tuzgan va 131 134 000 so'm pulni naqd holda to'lagan. Shartnoma shartlariga ko'ra, avtomobil yetkazib berish muddati 2023-yil 28-fevral etib belgilangan bo'lsa-da, shu vaqtgacha mashinadan darak bo'lmagan. Mas'ullar telefon qo'ng'iroqlariga ham javob bermay, kechikish sabablari haqida hech qanday tushintirish bermagan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan holat bo'yicha o'rganish ishlari o'tkazilib, MChJ rahbariyatiga amaldagi qonun talablari tushuntirildi. Natijada, avtomobil o'z egasiga yetkazib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00