Telegram-bot Virtual qabulxona

04.09.2023

Yana bir sarsongarchilikka barham berildi

Kuni kecha Navoiy viloyati Uchquduq shahri 7-kvartalda istiqomat qiluvchi fuqaro X. V. Uchquduq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

U murojaatida 2022-yilda Uchquduq shahri bozor hududida joylashgan 170-do'kondan 3 600 000 so'mga xarid qilgan "Immer" rusumli televizori ko'p vaqt o'tmay nosoz holatga kelib qolgani, uni do'konga qaytarganida esa sotuvchi uni ta'mirlab berishni aytgan bo'lsada ammo 3 oydan buyon buni kechiktirib turli bahonalar bilan fuqoroni sarson qilib kelayotgani sababli norozilik bildirgan.

Fuqaro murojaati Uchquduq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining murojaatlar daftariga qayd etilib, qisqa fursat ichida jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganib chiqildi va iste'molchi X. V. huquqlari qonun doirasida himoya qilinib, nosoz holatdagi televizor ta'mirlab berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00